Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
Ushbu tizimning asosiy vazifasi qurilish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali shaffoflikni oshirish, sifatni ta’minlash va jarayonlarni tezlashtirishdir.
Qurilish bosqichlarini kuzatish: Tizim har bir qurilish bosqichini kuzatishga va ishlarning belgilangan muddatlarga mos kelishini ta’minlashga yordam beradi. Bu inspektorlar, nazoratchilar va boshqa foydalanuvchilarga real vaqt rejimida qurilishning holatini ko’rishga imkon beradi.